23 avg 18:29
Yangiliklar
Tennis
Fomin Poznanda birinchi raketkaga qarshi kortga chiqdi
Polshaning Poznan shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi biroz avval 2 soatu 16 daqiqa davom etgan 1/4 final uchrashuvida turnirning birinchi raketkasi, chexiyalik Mixail Vrbenskiga qarshi kortga chiqib, 6/4, 4/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 546, Vrbenski esa 279-o'rinni egallab turibdi. Tennischimiz bundan avvalgi bosqichlarda reytingda o'zidan yuqorida o'rinlarda borayotgan chexiyalik Marek Gengel hamda germaniyalik Luis Vesselsni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar