19 iyu 14:46
Yangiliklar
Fomin "Prezident kubogi"ida uchchala seti tay-brekkacha cho'zilgan uch yarim soatlik uchrashuv o'tkazdi
Ushbu turnirda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ham ishtirok etayotgan edi. Hamyurtimiz ilk davrada yaponiyalik Yuzuki Takeruni, ikkinchi bosqichda turkiyalik Yanki Erelni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan 1/4 final bahsida gruziyalik Aleksandr Bakshiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uch soatu 23 daqiqa davom etgan uchrashuvning uchchala seti ham tay-brekkacha cho'zildi. Tay-breklarning bittasida Fomin, ikkitasida Bakshi g'alaba qozondi - 6/7(5), 7/6(3), 6/7(3).
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 582, turnirning oltinchi raketkasi sifatida harakat qilgan Erel 448, Bakshi esa 622-pog'onadan joy olgan. Bu Fomin va Bakshi o'zaro ikkinchi uchrashuvlarini o'tkazishdi. 2022 yilda o'tgan ilk to'qnashuvda ham gruziyalik tennischi zafar quchgan edi.
Fikrlar