01 may 10:40
Yangiliklar

Fominning yurishi boshlandi, SHin chempionga munosib qarshilik ko'rsatdi
M15 toifasiga kiruvchi ushbu musobaqada ikki tennischimiz ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Sergey Fomin 1 soatu 51 daqiqa davom etgan ilk davra bahsida rossiyalik 18 yoshli Egor Pleshivcevni 6/2, 6/4 hisobida mag'lub etdi.
Musobaqaning asosiy to'riga saralash bahslari orqali etib kelgan Maksim SHin esa franciyalik tajribali tennischi SHon Kyuninga 3/6, 6/7(3) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHon o'tgan hafta SHimkentdagi turnir finalida Fominni mag'lub etib, musobaqa chempioniga aylangandi.
ATP reytingida 461-o'rinni egallab turgan Sergey Fomin bugun 1/8 finalda hindistonlik Kumaran Bharatga qarshi kortga chiqadi. Hind tennischisi reytingning 1428-pog'onasidan joy olgan.
Fikrlar