19 iyu 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Golovkin va Alvares 30-yillar qiyofasidagi reklamada suratga tushishdi
Professional boksning o'rta vazn toifasida to'rtta yo'nalish chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda meksikalik davogar bokschi Saul “Kanelo” Alvares o'ziga xos reklama roligida suratga tushishdi.
Ushbu reklama roligi syujeti o'tgan asrning 30-yillari qiyofasini o'zida aks etgan. Bokschilar rolikda o'sha yillardagi boks qo'lqopi, oyoq kiyimi va shortigida ko'rinish berishgan.
Ushbu promo rolik Golovkin va Alvares o'rtasida o'tkaziladigan jangga bag'ishlanadi.
Bir necha yillardan beri orziqib kutilayotgan ushbu chempionlik jangi 16 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, ushbu jangda o'rtaga Golovkinga tegishli bo'lgan WBC, WBA (Super), IBF hamda IBO chempionlik kamarlari qo'yiladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar