16 sen 13:09
Yangiliklar
FOTO. Najmiddinov vs Postol: Bokschilar taroziga chiqishdi va ularning fikrlari
Oqshomning markaziy jangi hamyurtimiz ishtirokida bo'lib o'tadi. Faoliyatida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jamshid Najmiddinov yarim o'rta vazn toifasida sobiq WBC chempioni ukrainalik Viktor Postolga qarshi ringga ko'tariladi.
Kecha bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi. Har ikki bokschi belgilangan vazn (63,5 kg) meyorini bajarishdi. Bugungi jang 10 raunddan iborat bo'ladi. G'olib bokschi keyinchalik chempionlik kamariga davogarlik qilishi mumkin.
Viktor Postol: “Raqib oddiy bokschi emas. U chapaqay va bu holat menga noqulaylik tug'diradi. SHunday bo'lsada, jangda g'alaba qozonib, avvalgi mavqeyimga qaytishga harakat qilaman. Men yana jahon chempioni bo'lishni maqsad qilganman”.
Jamshid Najmiddinov: “Bu menga berilgan ajoyib imkoniyat. Agar jangda g'alaba qozonsam, dunyo boks olamida ko'pchilikni o'zimga qarata olaman. Raqibim ancha nomdor. Jahon chempioni bo'lishga erishgan. SHunga qaramay, Kievdan g'alaba bilan qaytishga harakat qilaman”.
Fikrlar