12 may 11:52
Yangiliklar

FOTO. Pakyao 20 iyul kuni chempionlik jangi o'tkazadi, raqibi engilmas bokschi!
Hozirda yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Pekmen amerikalik Kit Turmanga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang katta ehtimol bilan AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Jang g'olibi yarim o'rta vazn toifasida to'laqonli WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Turman hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangini shu yilning yanvar oyida Xosesito Lopesga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Pakyao esa aynan yanvarda Edrien Bronerni mag'lub etgandi.
Malumot uchun, Menni Pakyao prof boksdagi faoliyati davomida 61 ta g'alabaga erishgan. Janglarning 39 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Ettida jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan va 2 jang durang bilan yakunlangan. Turman esa barcha 29 jangida zafar quchgan. Hisobida 22 ta nokaut bor.
Fikrlar