14 iyu 13:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Freddi Rouch: Golovkin Alvaresni nokautga uchratadi
Amerikalik mashhur murabbiy Freddi Rouch o'rta vazn toifasida IBF, IBO, WBA hamda WBC yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkinni vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng yaxshi bokschisi deb atadi.
Rouchning fikricha, garchi qozog'istonlik bokschi Kell Bruk va Deniel Jeykobsga qarshi o'tkazgan so'nggi ikki jangida qiyinchilikka duch kelgan bo'lsa-da, Saul Alvaresni nokautga uchratadi.
“Bugungi kunda Golovkin vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng kuchli bokschisi hisoblanadi. Ishonchim komil, jang o'z nomiga yarasha keskin tarzda kechadi va yakunda Golovkin Alvaresni nokautga uchratadi”, - dedi Rouch BoxingScene saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin va Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi jang 16 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar