So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

08 mar 18:06
Yangiliklar

Futbol

Futbolning noni qattiq

So'nggi paytlarda yuz berayotgan klublardagi moliyaviy holat bilan bog'liq vaziyat jamoatchilik etiborini chetlab o'tmayapti.

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Dinamo" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramovning futbolchilar to'rt oydan beri maosh olmayotgani haqidagi gapi, "Nasaf", "Bunyodkor", "Buxoro" kabi klublarni moliyalashtirish to'xtatilgani, "Surxon" jamoasining 8 nafar futbolchisi "Neftchi" bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmagani va bu holat futbolchilarning maoshsiz qolayotgani sabab maydonga tushishdan bosh tortgani bilan izohlangani hamda ikki haftacha oldin "Olimpik" klubi murabbiyi va futbolchilarining o'tgan yilgi bir necha oylik maoshi qolib ketgani haqidagi video murojaati va boshqa holatlar kun mavzusiga chiqdi.


O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqib, mundial yilida bu kabi holatlarning quloqqa eshitilishi og'ir botadi. Falon pulga xorijlik murabbiyni olib kelamiz, murabbiy eng shimarib ishlash kerak bo'lganda futbolchilarning moliyaviy qiyinchilikni boshdan kechirayotgani murabbiy ishiga ham tasir qiladi. O'yinchilar xayolida qachon oylik tusharkin savoli aylanaveradi. Murabbiy va futbolchilardan professional bo'lishni talab qilamiz va ular shunday bo'lishga harakat qilyapti ham. Hech kim ishini tashlab ketib qolgani yo'q. Lekin bir necha oy maoshsiz qolish baribir har bir insonga, uning ishga bo'lgan munosabatiga tasir ko'rsatadi.

O'tgan yil mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, 4-o'rinni qo'lga kiritgan va O'zbekiston Kubogi yarim finaliga qadar etib kelgan "Dinamo" futbolchilarining 4 oydan buyon maoshsiz qolayotganini eshitish juda tasirli. Abramov to'g'ri aytdi: bu holat jamoaga qattiq tasir qilyapti. Axir futbolchilarning ham oilasi va kundalik tashvishlari bor. Faraz qiling, kimdadir qarz, kimningdir krediti, yana kimdadir bo'lib to'lashga xarid qilgan narsasi bo'lishi mumkin va bu o'rinda hech kimga oson tutib bo'lmaydi. Oy shunday tez o'tadiki, to'lov muddati kelganini sezmay ham qolasiz.

Bu o'rinda futbolchilarni to'g'ri tushunish kerak, ularning vazifasi har kunlik mashg'ulotda ishtirok etib futbol o'ynash. Hammada ham qo'shimcha ish qilish imkoni yo'q. Professional futbolchi toki faoliyatini tugatguniga qadar faqat futbolni o'ylaydi. U bitta rejim asosida ish olib boradi. Qo'shimcha ish bilan shug'ullanmaydi, aytaylik murabbiylik qilib ro'zg'or tebratmaydi. Ko'pchilik futbolni tugatib, shundan so'ng murabbiylikka o'tadi. Mana shunday vaziyatda baribir professional futbolchi uchun maosh birinchi o'rinda turadi. Axir ular haftada besh kun boshqa joyda ishlab, shanba-yakshanba kunlari maroqdan to'p tepayotgani yo'q. Ularning hayoti futbol, ular futbolchi bo'lish maqsadida 5-6 yoshdan shuni tanlagan va juda ko'pchilik boshqa kasb-hunarni birgalikda olib ketmasdan faqat futbol bilan ovora bo'ladi.

Bir necha oylab oylik olmaslik hammani o'ylantirib qo'yadi. Lekin professional futbolchi mehnat qilishda, mashg'ulotlarda qatnashishda va o'yinga chiqishda davom etadi. CHunki uning hayot tarzi bir necha o'n yildirki shunday bo'lib qolgan. SHu bois birdaniga futbolni tugatish oson kechmaydi va bu holat hammaga har xil tasir qiladi.

SHu yilning 19 fevral kuni O'FA anjumanlar zalida futbol klublarini moliyalashtirish yuzasidan katta majlis bo'lib o'tdi. Unda bir qator muhim masalalar ko'tarilgani, yig'ilish qatnashchilariga turli variantlar taqdim etilganidan xabarimiz bor. 2030 yilga qadar klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish rejasi borligini, lekin bu birdaniga amalga oshmasligini juda yaxshi tushunamiz. Klublarni to'liq xususiyga aylantirish birdaniga yuz berib qolmaydi, bu holat keyingi 10-20 yillikni ham o'z ichiga olishi mumkin.

Yirik kompaniyalar tomonidan futbolni moliyalashtirishni to'xatish va bugundan boshlab sen xususiysan deyish har qanday professional klubni qarz botqog'iga botiradi, O'zbekistonda hech bir klub bunga tayyor emas. Xususiy klublarni tuzish oson, ammo faoliyatini taminlash nihoyatda qiyin ekanini "Obod", "Turon" kabi jamoalar misolida ko'rdik. Klublar tabiiy yo'l bilan xususiyga aylanishi kerak. Xususiy bo'lishing shart qabilida ish tutish hatto etakchi jamoalarimizni ham moliyaviy tubsizlikka tushirib qo'yadi. Hatto pul nihoyatda ko'p Saudiya Arabistonida ham davlat aralashuvisiz klublar hozirgidek kuchli byudjetga ega bo'lmasdi va Evropadan mashhur futbolchilar kelmagan bo'lardi.

O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan yili ikki klubimiz xalqaro maydonda o'zini ko'rsata olmadi. "Nasaf" Elit OCHLda, "Andijon" esa OCHL 2da guruhda qolib ketdi va bu holat ochko yig'ishimizda salbiy tasir ko'rsatdi. Mana endi terma jamoa mundialga boradigan yilda aksar klublar moliyaviy qiyinchilikka duch kelib qolyapti. Bu esa milliy futbolimiz rivojiga albatta tasir qiladi. O'z navbatida terma jamoaga chaqiriladigan futbolchilarga ham tasir ko'rsatadi. SHu bois muammoni tezlik bilan ijobiy tomonga barataf etish lozimki, hamma turli xayollar qolib o'z ishi bilan band bo'lsin. Umuman har qanday sohada moliyaviy barqarorlik shu soha rivojiga turtki berishini eslatib o'tish kifoya deb o'ylaymiz. 


Xayrulla Xoliqov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing