02 iyu 09:50
Yangiliklar

Fyodor Emelyanenko reytingda Xabib Nurmagomedovni ortda qoldirdi
Ushbu reytingdan ikki nafar rossiyalik jangchiga ham joy topildi. Fyodor Emelyanenko to'rtinchi, Xabib Nurmagomedov esa oltinchi o'ringa loyiq ko'rildi. Kuchli uchlikdan Jon Jons, Anderson Silva va Jorj Sen-Per joy olgan.
CBS reytingi:
1. Jon Jons
2. Anderson Silva
3. Jorj Sen-Per
4. Fyodor Emelyanenko
5. Demetrius Jonson
6. Xabib Nurmagomedov
7. Joze Aldu
8. Daniel Korme
9. Konor Makgregor
10. Mett Xyuz.
Malumot uchun, 43 yoshli Fyodor Emelyanenko aralash yakkakurash olamidagi faoliyatini 2000 yilda boshlagan. So'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazib, Kuinton Jeksonni nokautga uchratgandi. Uning hisobida 39 g'alaba va 6 mag'lubiyat bor.
Taqqoslash uchun, 31 yoshli Xabib Nurmagomedov MMAda o'tkazgan 28 jangining barchasida g'alabaga erishgan. Uning navbatdagi jangi katta ehtimol bilan sentyabr oyida amerikalik rasmiy davogar Jastin Getjiga qarshi o'tkaziladi.
Fikrlar