01 iyu 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri boks tarixidagi eng yirik shartnomaga ega bo'lmoqchi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri boks tarixidagi rekord shartnomaga imzo chekishni istamoqda.
"Top Rank bilan moliyaviy shartnomam yakunlanmoqda, bu bo'yicha ikkita jangim qolgan. Bundan keyin men ketmoqchi emasman. 31 yoshdaman va katta shartnomaga ega bo'lib, barcha rekordlarni yangilamoqchiman. Boks tarixidagi eng yirik shartnomaga imzo chekkan britaniyalik bokschi bo'lishni istayman.
Bilaman, buni uddalay olamiz. Biz boks tarixida Floyd Meyvezer, Saul Alvares va Mayk Taysondan ham kattaroq shartnoma imzolay olamiz. O'ylaymanki, buning iloji bor. Uaylder va Joshuani taslim etganimdan so'ng dunyo meniki bo'ladi", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri o'tgan yilning fevralida ESPN bilan 100 million dollarlik shartnoma imzolagandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar