14 iyu 11:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri eng xavfli raqibi kim ekanligini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri hali ham sobiq jahon chempioni Deontey Uaylderni eng xavfli raqibi deb hisoblaydi.
"Deontey hali ham men uchun eng xavfli raqib bo'lib qolmoqda. U mag'lub bo'ldi, lekin bazida mag'lubiyatlar bokschini yanada kuchli bo'lib qaytishiga yordam beradi. Uaylder o'ziga ishonadi, u avvalgidan ham kuchliroq bo'lib qaytadi.
U meni mag'lub eta oladi deb ayta olmayman, faqatgina bunga harakat qilib ko'radi. Agar 110 foiz tayyorgarlik bilan jangga kirishmasam, men ham Deonteyning avvalgi raqiblarining holiga tushaman", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar