08 iyu 21:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: Er sayyorasida yashagan eng kuchli bokschiman!
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri o'ziga yana bir bor katta baho berdi.
«So'nggi ming yillikda meni mag'lub etadigan bokschi bo'lmagan. Er sayyorasida yashagan eng kuchli bokschiman! Hozirda biroz kamtarlik qilmoqdaman. Men boks uchun yaralganman. Doim eng kuchlilarga qarshi katta arenalarda jang qilib g'alaba qozonmoqdaman»,-dedi Tayson.
Eslatib o'tamiz, britaniyalik bokschi so'nggi jangida Deontey Uaylderni mag'lub etib, WBC kamariga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar