28 iyu 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/123552_220.jpg)
"Fyuri Lennoks Lyuisning eng yaxshi talqinini ham mag'lub etgan bo'lardi"
Tayson Fyurining promouterlaridan biri Frenk Uorrenning fikricha, Fyuri boks tarixidagi eng zo'rlaridan biri.
"Lennoks Lyuis Uaylderni mag'lub etgan Fyurining yaxshi talqini? Agar tanlash kerak bo'lsa Fyurini tanlayman. Vladimir Klichko ham o'z davrining eng zo'r bokschisi bo'lgan, lekin Fyuri uni nima qilganini ko'ring.
Tayson Uaylder timsolida eng yaxshi pancherni mag'lub etdi. U shunchaki g'alaba qozongani yo'q, raqibiga har bir jabhada saboq berib qo'ydi. Fyuri har qanday avlod ichida ajoyib ko'rinadi. Uni istalgan buyuk bokschi bilan taqqoslashingiz mumkin", - dedi Uorren.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar