22 iyu 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri oldida bir necha taklif bor
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) faolyati haqida film suratga olinishi mumkin.
Ammo, buning uchun Tayson avval faoliyatini yakunlashi lozim.
"Hayotimni ekranga chiqarish haqida jiddiy muzokaralar bo'lgani yo'q. Buning uchun avval men faoliyatimni tugatib, keyin suratga olish ishlariga kirishishim kerak. Ayni paytda oldimda ikkita yirik televizion kompaniyadan taklif bor. Ular Tayson Fyuri haqidagi film uchun huquqni sotib olishni istashmoqda.
Bu keyinroq bo'ladi. Men hozir bunga tayyor emasman, bundan ham muhimroq ishlar bor. Masalan boshqa davogar va chempionlarni do'pposlash", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar