15 may 17:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri o'zi jang qilishni istagan 9 nafar bokschi nomini aytdi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Tayson Fyuri yaqin vaqtlarda boksdan ketmoqchi emas.
"Avvaliga men shartnoma bo'yicha uchta jangim qolgani haqida o'ylagandim. Endilikda janglar ikkita oldi. Rejalarimda Uaylder va Joshua bor. Lekin men davom etmoqchiman.
31 yoshdaman va yaxshi formadaman. Kayfiyat joyida va kuniga 3-4 mahal shug'ullanyapman. Men jang qilib, mag'lub etishim mumkin bo'lgan bokschilar bor. Dillian Uayt, Jarrell Miller, Kubrat Pulev, Endi Ruis, Luis Ortis, Daniel Dyubua, shuningdek nigeriyalik katta Olimpiyachi Efe Adjagba, franciyalik Olimpiada chempioni Toni Yoka bor. Bokschilar ko'p", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar