26 iyu 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Tayson bilan jang uchun taklif qilingan gonorarni "kulgili" deb atadi
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Mayk Taysonga qarshi ko'rgazmali jang haqida gapirdi.
"Taysonning odamlari men bilan bog'lanishdi. Bu rost, lekin biz kelisha olmadik. Maykka pul taklif qilganlar bizga juda kam summa bermoqchi bo'lishdi. Tayson 500 million dollar haqida gapirgandi. Lekin biz shartnomada ko'rgan pul miqdori shunchaki kulgili edi.
ESPN ko'rgazmali jang uchun menga 10 million dollar taklif qilgan. Men bunday pul uchun reputaciyamni tushirib, tavakkal qilmoqchi emasman. Agar men yutqazsam 53 yoshli kishiga yutqazganim haqida gapirishadi, yutganimda ham boshqacha gap bo'lardi. Menga bu kerak emas", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar