23 may 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylder bilan qo'lqoplarsiz jang qilishga tayyor
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylderga qarshi ringga chiqishga tayyor ekanligi haqida gapirdi.
Bir necha kundan so'ng AQSHga bormoqchi bo'layotgan Fyuri Uaylder bilan ko'cha jangida kuch sinashmoqchi.
"Uaylder katta daydi. U daydilar yashaydigan shahardan. Istalgan joy va vaqtni belgila. Vada beraman, zarbalarimdan so'ng sen yulduzlarga qarab yotasan.
Agar uning gapi bo'lsa men bilan uchrashsin. Balki Tayms-Skverda qo'lqoplarsiz ko'cha jangini tashkil etarmiz", - deb xabar qoldirdi Fyuri Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Fikrlar