08 iyu 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri - Uaylder jangi shu yil va muxlislar ko'z o'ngida tashkil etilishi mumkin
Tayson Fyurining so-promouteri Bob Arum bokschining Deontey Uaylderga qarshi jangi qachon va qaerda o'tkazilishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Biz buni noyabr yoki dekabr oyida amalga oshirmoqchimiz. Bu masala hozirda o'rganib chiqilmoqda.
Joy haqida gapiradigan bo'lsak, Makao variantini ko'rmoqdamiz. U erda koronavirus holati deyarli bo'lmadi.
Makaoda oltita yirik kazino bor. Biz investorlar bilan gaplashdik. Ular noyabr yoki dekabr oyida Fyurining Uaylderga qarshi jangi uchun pul tikishga tayyorlar. Hozirda hokimiyat vakillarining muxlislar bilan jang o'tkazish uchun ruxsat berishlarini kutyapmiz.
Hozir aniq joyini ayta olmayman, lekin jang noyabr yoki dekabr oyida tashkil etiladi. Biz uxlayotganimiz yo'q. Buni amalga oshirish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz", - ded Arum.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar