02 iyu 11:14
Yangiliklar

Fyuri - Uaylder: Uchinchi jang uchun ikkita variant
Bu haqida amerikalik taniqli promouter Bob Arum xabar berdi.
"Bokschilar o'rtasidagi uchinchi jangni shu yilning noyabr yoki dekabr oyida o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Hammasi koronavirus pandemiyasining jahondagi holatiga bog'liq bo'ladi. Katta ehtimol bilan trilogiya AQSH va Buyuk Britaniyada o'tkazilmaydi. Biz Uaylder bilan doimiy muloqotdamiz. Hozir joy masalasini muhokama qilyapmiz. Bu bo'yicha ikkita variantimiz bor. Muhimi, jangning AQSH vaqtiga mos paytda o'tkazish", - deya Arumning so'zlarini keltirmoqda ESPN.
Eslatib o'tamiz, bokschilar shu kungacha o'zaro ikki bor to'qnash kelishgan. 2018 yilgi ilk jangda durang natija qayd etilgandi. SHu yil o'tkazilgan ikkinchi to'qnashuvda esa Fyuri Uaylderni texnik nokautga uchratib, WBC kamariga ega chiqqandi.
Fikrlar