07 apr 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylderni nima sababdan trilogiyaga rozi bo'lganini aytdi
WBC chempioni Tayson Fyuri sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder nima sababdan uchinchi jangga rozi bo'lgani haqida fikr bildirdi.
“Uaylder 34 yoshda. Men uning shaxsiy hayoti haqida malumotlarga ega emasman. Bilganim uning yoshi. Lekin amerikalik barcha bokschi va sportchilar o'zlarini pop yulduzlardek tutishga harakat qilishadi. Aslida hech qanday yulduz bo'lishmasa ham.
Ularning ko'pchiligi katta-katta mablag'larni tezlik bilan ishlatib yuborishadi. Uaylderni menga qarshi yana bir bor jang qilishiga sabab - katta miqdordagi pullar deb o'ylayman. Fikrimcha, unga yana bir bor dahshatli zarbalar ostida qolish qiziq bo'lmas edi”, - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri - Uaylder o'rtasida kechgan bahslarning birida durang, ikkinchisi esa Taysonning g'alabasi bilan yakunlangandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar