27 apr 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri vs Uaylder. Trilogiya bu yil bo'lmaydi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri hamda sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder o'rtasida uchinchi jangning o'tkazilishi kutilayotgan edi.
Taniqli promouter Bob Arumning aytishicha, kuzda o'tkazilishi rejalashtirilgan trilogiya 2021 yilga ko'chiriladi. Arumning fikricha, koronavirus pandemiyasidan keyin bunday katta jangni o'tkazish hech kimga foyda keltirmaydi.
"Bu jang shunchaki shoshilinchda o'tkazilmasligi kerak. Jang AQSHda o'tkazilgan taqdirdagina manfaatdor tomonlarga foyda keltiradi. Trilogiyani bu yil o'tkazishdan hech qanday mano ko'rmayapman", - dedi Arum.
Havola :
Fikrlar