12 apr 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyurining otasi britaniyalik bodibilderning chorlovini qabul qildi
Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri yaqin orada bodebilderchi Mayki Teo bilan jang qilish uchun ringga qaytishi mumkin.
56 yoshli teo katta Fyurining o'z yoshida jahonning eng kuchli insoni ekanligi haqidagi galarga qo'shilmaydi.
"Men 56 yoshdaman va Fyurining gaplariga qo'shilmayman. Men o'zimni Jondan yaxshiroq deb hisoblayman. Uni haqiqiy jangda mag'lub eta olaman", - dedi bodibilding bo'yicha sobiq chempion.
Fyuri esa bunga javob qaytardi.
"Men sen bilan ringda jang qilishga tayyorman. Lekin ko'rinishidan, sen meni o'z vaqtida jahon miqyosidagi bokschilar bilan jang qilganimni yodingdan chiqargan bo'lsang kerak. Do'stim, men xech qachon chorlovlarga rad javobini bermayman. Sen meni jangga chorlading, endi jang qilishing lozim", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar