So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

24 may 07:42
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

G'alaba alangasi. Olimpiya mashalasi tarixi

Mashala – Olimpiya o'yinlarining eng muhim belgilaridan biri.

O'yinlar ochiladigan shaharda u alanga oldiriladi va oxirigacha yonib turadi. Anana qadimgi Yunonistonda chuqur ildiz otgan, afsonaga ko'ra, Zevsdan olovni o'g'irlab, odamlarga taqdim etgan Olimpiya alangasi Prometey titani jasoratini eslatish vazifasini bajargan.

Tarixi

Qadimgi yunonlar olov ilohiy inom ekaniga ishonishgan va shuning uchun ular bosh ibodatxonalar oldida uni ushlab turishgan. Qadimgi Olimpiya o'yinlari o'tkazilgan Olimpiya bosh ibodatxonasida ham xuddi shunday edi. O'shanda alanga quyosh nurlari va parabolik shakldagi maxsus oyna yordamida uning ilohiy «pokligini» taminlash uchun yondirilgan.

Hozirgi paytda o'yinlarning tantanali ochilish marosimidan bir necha oy oldin Afinada Olimpiya olovi yondiriladi. Asosan kohinlar libosidagi 11 aktrisa ayol marosimni o'tkazishadi, ulardan biri parabolik ko'zgu yordamida o'tni tutashtiradi. Keyin estafetada qatnashadigan yuguruvchilarga mashala uzatiladi va uni bir-biriga etkazish bilan jarayon davom etadi.

Asosiy mashala bilan bir qatorda, Olimpiya alangasidan asosiy mashala yoki hatto u yoki bu sababga ko'ra olov o'chib qolganda uni saqlab turish uchun mo'ljallangan maxsus lampalar yoqiladi. O'yinlar paytida mashala o'chib qolgan bir necha holatlar ham mavjud, masalan 1976 yilda Monrealda kuchli yomg'ir paytida va 2012 yilda Londonda o'yinlardan 20 kun oldin xuddi shunday holat sodir bo'lgan edi.

Mashalni yoqish marosimini tashkil qilish har doim Greciya Milliy olimpiya qo'mitasi zimmasiga yuklatilgan, u shuningdek yuguruvchilar tomonidan olovni Afinadagi Panatinaikos stadioniga etib kelishini taminlaydi.

Olimpiya mashalasi estafetasi

Bu jarayon minglab sportchi va millionlab muxlislarni birlashtirgan Olimpiya o'yinlaridan ham ulkanroq tadbirdek tuyuladi. Sport benihoya jozibador. Ammo eng uzun Olimpiada kamida 3 hafta davom etadi. Hamma ham uni tomosha qilish imkoniyatiga ega emas. SHu sababli, Olimpiya mashalasi estafetasi – butun Er yuzida eng yirik sport harakatiga tasir qilish uchun haqiqiy imkoniyatdir.

Olimpiya olovining keltirilishi – mezbon tomonga alohida tuyg'u bag'ishlaydi. 1936 yildan beri mashalachilarning estafeta musobaqasi O'yinlar boshlanishining ajralmas atributiga aylanib bo'ldi. Bundan tashqari, har safar olov bilan bog'liq yodda qolarli voqealar sodir bo'ladi. 1968 yilda meksikaliklar Kristofer Kolumbning yo'nalishini takrorlashga harakat qilishdi, 1976 yilda esa olov lazer nurlari yordamida uzatildi. 1980 yilda Moskvada o'tgan Olimpiya o'yinlarida mashalani taniqli sportchi Viktor Saneev Sergey Belovga uzatganini hayajon bilan yodga olishadi. Belov hayajondan sportchi qo'lidagi mashala dastasini qattiq ushlab olgach, Saneev qo'lini undan zo'rg'a bo'shatib oladi. 2008 yili Pekinga yo'l olgan mashala estafetasi ham tarixda qoldi: mashala hatto Erning eng baland cho'qqisi – Everestga ham olib chiqildi. Xitoyliklar ushbu jarayon uchun maxsus ko'tarma ham qurishgan.

Dizayni malum bir olimpiada uchun ishlab chiqarilgan mashalalarga alohida etibor qaratish lozim. Ammo bu haqda biroz keyinroq gaplashamiz …

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing