12 avg 15:48
Yangiliklar
"Galatasaroy" Braziliya terma jamoasi azosi bilan shartnoma imzolamoqchi
Bu haqda "talkSPORT" nashri xabar beradi.
Manba malumotiga ko'ra, Turkiya klubi ehtimoliy kelishuv bo'yicha londonliklarga so'rov yuborib bo'lgan — tomonlar ehtimoliy transfer qiymatini muhokama qilishgan. Qayd etilishicha, Martinellining jamoadan ketishi faqat "kanonirlar" oldindan unga teng qiymatli o'rinbosar topgan taqdirdagina mumkin bo'ladi. Londonliklarning qiziqishlari doirasiga Kenan Yildiz ("Yuventus"), Xulian Alvares ("Atletiko"), Iliman Ndiaye ("Everton") va Eli Krupi ("Bornmut") kirishi malum.
Martinellining "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirish opciyasini ko'zda tutadi. Futbolchi 2019 yildan beri "kanonirlar" sharafini himoya qilib kelmoqda, shu vaqt ichida u jamoaning barcha musobaqalardagi 278 ta o'yinida ishtirok etib, 62 ta gol urgan va 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portalidagi malumotlarga ko'ra, o'yinchining joriy bozor qiymati 45 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar