25 iyu 12:35
Yangiliklar
Tennis

Galle (ATP): Finalda Federer va Zverev to'qnash keladi
Germaniyaning Galle shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli Gerry Weber Open turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
CHim qoplamali ATP 500 toifasiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 1 574 640 evroni tashkil qilgan turnirda finalchilar malum bo'ldi. Ushbu turnirda eng ko'p - 8 marotaba g'olib bo'lgan Rojer Federer to'qqizinchi chempionlik sari yana bir qadamni tashladi.
SHveycariyalik tennis yulduzi yarim finalda rossiyalik Karen Xachanovni 6:4, 7:6(5) hisobida mag'lub etdi. Mezbonlar vakili Aleksandr Zverev franciyalik Rishar Gaskedan 4:6, 6:4, 6:3 hisobida ustun keldi.
Galle. 1/2 final:
Rojer Federer (SHveycariya) - Karen Xachanov (Rossiya) – 6:4, 7:6(5)
Aleksandr Zverev (Germaniya, 4) - Rishar Gaske (Franciya) – 4:6, 6:4, 6:3
Final:
Rojer Federer (SHveycariya) - Aleksandr Zverev (Germaniya, 4)
Havola :
Fikrlar