22 avg 11:13
Yangiliklar

Gandbolchilarimiz Osiyo chempionatining ikkinchi o'yinida 30 to'p farqi bilan g'alaba qozonishdi
Dastlabki turda hindistonlik tengqurlarini 46:29 hisobida mag'lub etgan O'zbekiston terma jamoasi 2-turda yana yirik g'alabaga erishdi. Qizlarimiz Gonkong terma jamoasidan 30 to'p farqi bilan 45-15 hisobida ustun kelishdi.
Kunning qolgan o'yinlarida Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi terma jamoalari ham navbatdagi g'alabani o'z hisoblariga yozib qo'yishdi. Bugun terma jamoamiz uchun dam olish kuni. Jamoamiz 3-tur uchrashuvini 24 avgust kuni Xitoy Taypeyiga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, ushbu qita birinchiligi kelasi yil U20 yosh toifasida o'tadigan jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tab beradi. Musobaqada yarim finalga etib borgan jamoalarga jahon chempionati yo'llanmasi nasib etadi.
Fikrlar