07 avg 08:35
Yangiliklar
Futbol

G'arbiy Osiyo chempionati. Falastin 3-turni o'tkazdi, Suriya esa Yaman bilan o'ynadi
Iroqda bo'lib o'tayotgan G'arbiy Osiyo chempionatining navbatdagi kunida Falastin terma jamoassi Livanga qarshi maydonga tushdi.
Ushbu bahsda hisob ochilmadi. Endi Nuriddin Ould Ali shogirdlari musobaqaning guruh bosqichi doirasidagi so'nggi uchrashuvini 11 avgust kuni Suriyaga qarshi o'tkazishadi.
O'z navbatida suriyaliklar Yamanga qarshi o'ynab, 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishdi. O'yinda gollarni Firas Al-Khatib hamda M.Hassan urishdi.
Bugun "B" kvartetidan o'rin olgan 2-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Bahrayn termasi Saudiya Arabistoniga (Tosh. vaqti bilan 21:30da boshlanadi) qarshi bahs olib borsa, Quvayt futbolchilari Iordaniya (8 avgust tungi 00:30) bilan uchrashishadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar