31 mar 14:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Garsiya o'zini dunyoning eng kuchli engil vazn bokschisi deb atadi
Amerikalik charm qo'lqop ustasi Rayan Garsiya engil vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschisi ekanligini malum qildi.
Tabiiyki, ukrainalik uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Vasiliy Lomachenko bunga rozi emas.
"Bizning vaznda kuchli chempionlar etarli. Lekin men ularning eng yaxshisiman. Faqat buni amalda isbotlab berishim kerak. Birinchi navbatda Jervonta Devisni mag'lub etaman. Keyin qolganlarga navbat keladi", - deya Garsiyaning so'zlarini keltirmoqda BoxingNews24.
Eslatib o'tamiz, bu vaznda Vasiliy Lomachenko WBA Super, WBO va WBC Franchise yo'nalishlari chempioni bo'lib turibdi. Rayan Garsiya o'zining so'nggi jangida Francisko Fonsekani 80 soniyada nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar