01 avg 09:55
Yangiliklar
Tennis
Garsiya Varshavani zabt etdi, bu uning mavsumdagi ikkinchi sovrini!
Polsha poytaxti Varshava shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri o'z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 45-raketkasi bo'lib turgan franciyalik Karolin Garsiya WTA reytingida 108-pog'onadan joy olgan ruminiyalik Ana Bogdanni 6/4, 6/1 hisobida mag'lub etdi.
Bir soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Garsiya ham, Bogdan ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Polshadagi muvaffaqiyatli ishtirok franciyalik tennischiga 280 reyting ochkosi hamda 33,200 dollar mukofot puli keltirdi. Bu uning mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi to'qqizinchi sovrini bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar