05 may 10:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkinda yangi murabbiy
O'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin yangi murabbiyi nomini elon qildi.
Qozog'istonlik 37 yoshli bokschi 8 iyun kuniga belgilangan jangiga Jonatan Benks qo'l ostida tayyorgarlik ko'radi. Benks mashhur murabbiy Emanuel Styuardning shogirdi hisoblanadi. Styuard ukrainalik Vladimir Klichkoning murabbiyi bo'lgan.
O'sha paytlarda Benks Styuardning yordamchisi vazifasini bajargan. Emmanuelning o'limidan keyin esa Jonatanning o'zi Vladimirga ustozlik qilgan. Ayni paytda Benks yarim o'rta vazn toifasida WBA, WBC, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni norvegiyalik Sesiliya Brekxusga murabbiylik qilmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar