04 iyu 15:21
        Yangiliklar	
	
				
				    Stol tennisi			    
				 
				
			 
				Germaniyada pandemiyadan so'ng ilk “Masters” musobaqasi bo'lib o'tdi+ FOTOGALEREYA
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida karantindan so'ng ilk bor stol tennisi bo'yicha Xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
			“Dyusseldorf Masters“ turnirda Evropaning bir nechta kuchli va tajribali ping-pong ustalari ikki kun davomida o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Qiziqarli kechgan bahslarning hal qiluvchi final uchrashuvida Germaniya vakillari Tim Boll va SHteffen Mengel etib kelishdi. To'rt set davom etgan uchrashuvda ancha tajribali Tim 3-1 hisobida hamyurtini mag'lub etib “COVID-19“ pandemiyasidan so'ng o'tkazilgan ilk “Masters” turnirning bosh sovriniga ega chiqdi.











            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar