25 iyu 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Getji nima uchun kurash tushmasligini aytdi
Engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC kamari sohibi Jastin Getji nima uchun parterda harakat qilishni yoqtirmasligini aytdi.
"Men doim kurash tushishga qarshi bo'lganman, sababi u ko'p kuchni talab qiladi. Esimda, bir kuni sakkiz daqiqa kurash tushganman, uchrashuv yakunidan so'ng esa oyoqlarim o'zimga bo'ysunmay qolgandi. Parterda harakat qilish katta energiyani talab qiladi. SHuning uchun ham parterda harakat qilishni istamayman", - dedi Getji.
Eslatib o'tamiz, Jastin navbatdagi jangini sentyabrda parter "qiroli" Xabib Nurmagomedovga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar