28 may 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Getji Nurmagomedovga qarshi jangda qanday harakat qilishini aytdi
UFCning engil vazndagi vaqtinchalik chempioni Jastin Getji chempion Xabib Nurmagomedovga qarshi jangda qanday harakat qilishi haqida gapirib berdi.
"Mening qanday harakat qilishim - Xabibga qarshi jangdagi eng muhim omillardan bo'ladi. Katakdan uzoq harakat qilishim muhim. Agar Xabib oktagon markazida oyoqqa hujum qilib, kirib keladigan bo'lsa, raqibni katakka qarab oboradi. U hujumlarni ochiq joyda tugatmaydi.
Mening oyoqqa beradigan zarbalarim raqib uchun yoqimsiz bo'ladi.
Xabibga to'rtta zarba beraman va u qiyin vaziyatda qoladi. U yana oyoqqa tashlansa ham katak kerak bo'ladi. Agar katak bo'lmasa, unda muammolar bo'ladi. U markazda parterda 1-2 marta ushlashi mumkin, ammo baribir u kattakka qarab harakat qiladi", - dedi Getji.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar