12 may 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Getji - Xabib jangi uchun ajoyib poster namoyish etildi + FOTO
Engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji navbatdagi jangini juda katta ehtimol bilan Xabib Nurmagomedovga qarshi o'tkazadi.
Buni amerikalik jangchining o'zi xohlamoqda. Buni Getji tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga qo'yilgan surat ham tasdiqlaydi.
Ushbu suratda cho'qqiga yo'l tasvirlangan. Yo'l avvalida qanotlari singan Toni Fergyuson, cho'qqida esa chempionlik kamari bilan turgan haqiqiy chempion Xabib Nurmagomedovni ko'rish mumkin. O'sha yo'lning o'rtasida esa yuqoriga intilayotgan Getji!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar