30 may 14:30
Yangiliklar
![](/upload/storage/120118_220.jpg)
Getji yana uchta jang o'tkazadi, u raqiblar kim bo'lishini aytdi
Amerikalik 31 yoshli Jastin ana shu uchta jangda kimlarga qarshi oktagonga chiqishini ham oshkor etdi.
"To'laqonli chempionlik kamari uchun jang qilish ostonasida turibman. Mening o'rnimda bo'lishni taxminan 500 nafar jangchi istayotgani aniq. UFCga kelayotgan yosh jangchilar o'tkazilayotgan shoularni siyosat boshqarayotganini aytishadi. Haqiqatan ham shunday. Lekin kichik imkoniyat ham borki, siyosatni chetlab o'tib, o'z kuching bilan chempion bo'lishing mumkin.
Aynan shu narsani men amalga oshira oldim. Siyosat meni sindirib tashlashi mumkin edi. Konor shunday qilishga urinib ko'rdi. Bajonidil uning ovozini hoziroq o'chirishga tayyorman. Lekin ro'yxatimda Konor bilan jang hozircha yo'q. Xabibni mag'lubiyatga uchratsam, uning ortidan keladigan pul umrimning oxirigacha etadi. Keyin Dastin Porega navbat keladi. Toni oladiganini oldi. Xabib va Poreni yutsam, keyin Konorga saboq berib qo'yaman", - dedi Getji.
Eslatib o'tamiz, Dastin Pore 2018 yilda UFC on Fox 29 turnirida Jastin Getjini nokautga uchratgan edi.
Fikrlar