10 may 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Getjiga qarshi jangdan keyin Fergyusonni gospitalga olib ketishdi
Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson bugun Jastin Getjiga qarshi o'tkazilgan jangdan so'ng kasalxonaga yotqizildi.
Bu haqida Daily Express nashri xabar berdi. Fergyuson Getjidan dahshatli va og'ir zarbalarni qabul qilib oldi. Buning natijasida unda gematoma yuzaga keldi, o'ng ko'zining ostida esa qonga belandi.
Toni Fergyuson bir necha kun gospitalda davolanadi. Beshinchi raundda nomdor raqibini texnik nokautga uchratgan Getji bu bilan Fergyusonning sakkiz yillik g'alabali seriyasiga chek qo'ydi.
Havola :
Fikrlar