23 iyu 14:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Getjiga Xabibni mag'lub etish yo'llarini aytishdi
Yangi Zelandiyalik UFC jangchisi Den Xuker engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda vaqtinchalik chempion Jastin Getji o'rtasidagi jangga munosabat bildirdi.
Reja bo'yicha Nurmagomedov - Getji jangi shu yilning sentyabr oyida o'tkazilishi kerak.
"Mening Dastin Porega qarshi shu hafta o'tkaziladigan jangim teng kurashlar ostida kechishiga shubham yo'q. Xabib - Jastin jangi haqida ham xuddi shu fikrdaman. Imkoniyatlar — 50 ga 50. Getjining ustun tomonlari: yuqori ritm, bosim, nokautbop zarbaning borligi, metin himoya. Aynan shu jihatlar Xabibni mag'lub etish uchun kifoya qiladi", — dedi Xuker.
Havola :
Fikrlar