17 iyu 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Getjining dahani mashg'ulot chog'ida chok tushadigan darajada yorilib ketdi + FOTO
Amerikalik UFC jangchisi Jastin Getji mashg'ulot chog'ida jarohat orttirib oldi.
Xabib Nurmagomedovning bo'lajak raqibi jarohat haqida dalil bo'luvchi suratni "Tvitter"ga qo'ydi.
"CHok tushmasdan iloji yo'q. Mashg'ulot chog'ida tasodifiy zarba o'tkazib yubordim va buning natijasida dahanim yorilib ketdi", — dedi Getji.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Getji navbatdagi jangini sentyabr oyida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi o'tkazadi. Jastin hozir vaqtinchalik UFC chempioni bo'lib turibdi. Getji hisobida 22 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. Nurmagomedov esa 28 ta jangining barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar