20 noy 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

GFC 20. Nurmagomedovning raqibi o'zgardi
Xabaringiz bor, 23 noyabr kuni poytaxtimizda MMA bo'yicha GFC 20 turniri tashkil etiladi.
Avvalroq, kechaning markaziy to'qnashuvida Umar Nurmagomedov va Nikita CHistyakov o'zaro to'qnash kelishi haqida xabar qilingandi.
Turnir tashkilotchilarining olamsport.com saytiga malum qilishlaricha, Nikita CHistyakov jarohat olgan. Uning o'rniga Nurmagomedov o'sha kuni argentinalik Brayan Gonsalesga qarshi oktagonga chiqadigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, turnirga UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ham tashrif buyuradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
reytingdagi oʻrniga qarab tanlanadi