11 iyu 10:46
Yangiliklar
"Gigant"larning 58-to'qnashuvi! Jokovich va Nadal "Rolan Garros"ning finaliga chiqish uchun kurashadi
Bugun «Rolan Garros» turnirining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Final chiptasi uchun dastlab Stefanos Cicipas va Aleksandr Zverev bahs olib borsa, ikkinchi yo'llanma uchun Novak Jokovich va Rafael Nadal kurash olib boradi.
Rafael Nadal va Novak Jokovich "Rolan Garros" ning chorak finalida raqiblarini mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Endi biz jahon tennis "gigant"larining 58-to'qnashuvi guvohiga aylanamiz.
Nadal va Jokovich o'rtasidagi shaxsiy uchrashuvlar hisobi Novak foydasiga 29-28. Ular hard kortda ko'p uchrashishgan va serbiyalik u erda katta ustunlikka ega, 20-7.
Maysali kortda ushbu tennischilar to'liq tenglikka ega - 2-2. Xo'sh, tuproqli kortdachi? Rafael katta ustunlik bilan peshqadam bo'lib turibdi - 19-7.
So'nggi marta bu ikki tennischi "Rolan Garros"da olti oy oldin - 2020 yilgi kuzgi musobaqada uchrashishgan. O'shanda Rafael uchta setda g'alabaga erishgan edi.
Grunt qirolini eng sevimli kortida mag'lub etish mumkinmi? Jokovich buni 7 marta amalga oshirgan. Sakkizinchisi bo'ladimi?Bugun bu savolga javob olamiz. Qadrli muxlis Jokovich va Nadal o'rtasidagi uchrashuvni o'tkazib yubormang.
Xurshida Abdiqulova tayyorladi
Fikrlar