23 sen 07:50
Yangiliklar
G'oibnazarov prof faoliyatidagi uchinchi jangini o'tkazdi
Hamyurtimiz AQSHning Arizona shtati Tuson shahrida faoliyatidagi uchinchi jangida ringga ko'tarildi. Uning raqibi meksikalik Viktor Rosas bo'ldi. Sakkiz raundga belgilangan jang ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Toni Zayno hakamlik qilgan jangda hamyurtimiz ochkolar hisobi bo'yicha raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Kris Uilson, Dennis O`Konnel va Rubin Rokki Teylor bir xil 80:72, 80:72, 80:72 hisobida g'alabani G'oibnazarovga taqdim etishdi.
10 oktyabr kuni 30 yoshga to'ladigan Rosas profi ringda bugungisi bilan hisoblaganda 16 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 9 tasida g'alabaga erishgan. Uchta jangini nokaut bilan yakunlagan. Mag'lubiyatlari soni 7 taga etdi. Fazliddin esa uchinchi g'alabasini tantana qildi.
Eslatib o'tamiz, Fazliddin G'oibnazarov mashhur promouter Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi bayrog'i ostida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Fikrlar