07 okt 11:04
Yangiliklar
![](/upload/storage/20418_220.jpg)
G'oibnazarovning murabbiyi vaziyatga oydinlik kiritdi
Rossiyalik Andrey Klimov kutilmaganda o'z rejasini o'zgartirib, Fazliddinga qarshi ringga chiqmasligini malum qilgandi. G'oibnazarovning murabbiyi Abror Tursunpo'latov bizga bergan intervyusida vaziyatga oydinlik kiritdi.
“Fazliddinning raqibi o'zgaradi. Boisi, rossiyalik bokschi bizga rad javobini berdi. Hamma bokschilar ham Olimpiada chempioni bilan jangga rozi bo'lavermaydi. Mag'lubiyatdan qo'rqishadi, shekilli.
Ayniqsa, reytingda yuqori o'rinlarni egallab turgan bokschilarda shunday holat kuzatiladi. Ular mag'lubiyat sabab reytingda pastlab ketishni istashmaydi. Yoki katta pul evaziga jangga rozilik berishadi. Hech bo'lmasa moliyaviy tomondan holatlarini yaxshilab olishadi.
SHu jihatdan ham raqiblar bilan kelishish biz mijoji bo'lgan Bob Arum boshchiligidagi mashhur Top Rank kompaniyasiga qiyin bo'lyapti. Biz har qanday holatda ham 9 dekabr kuni jang o'tkazamiz. Yangi raqib nomi tez kunlarda aniq bo'ladi”, - dedi Fazliddinning murabbiyi.
Fikrlar