03 sen 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin 40 yoshigacha jang qilmoqchi
O'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni hisoblangan 35 yoshli Gennadiy Golovkin faoliyati yana 5 yil davom etishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.
"Bunga umid qilaman. Hozir o'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Balki, yana 5 yil, 40 yoshimgacha jang qila olarman. Bilasizku, bu boks. Sizga xar kuni nimadir xavf solib turadi. Birgina zarba hayotingizni o'zgartirib yuborishi mumkin. Ayni paytda esa o'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Tezlik va boshqa xususiyatlar joyida. Oilam va jamoam meni qo'llab-quvvatlamoqda", - qozog'istonlik bokschi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar