24 iyu 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - Alvares. Bokschilarning foyda taqsimoti malum
AQSHning Second Out nashri Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi jangdan bokschilarning ishlab topadigan foydasi taqsimotini malum qildi.
“Golovkin umumiy foydadan 70 foiziga ega bo'ladi. Alvaresning foyda ulushi 30 foizni tashkil qiladi. Biz bu jang ustida 5 yil ishladik. Nihoyat, o'z niyatimizga etdik”, - dedi Golovkinning promouteri Tom Leffler.
SHu haftada bokschilar London, Nyu-York va Los-Anjeles shaharlarida o'tkazilgan matbuot anjumanlarida ishtirok etishdi. Golovkin va Alvares o'rtasidagi chempionlik jangi 16 sentyabr kuni Las-Vegas (AQSH) shahridagi T-Mobile arenasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, jangda o'rtaga qozog'istonlik bokschiga tegishli o'rta vazn toifasidagi barcha - WBC, WBA (Super), IBF hamda IBO chempionlik kamarlari qo'yiladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar