06 sen 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - Alvares. Jang g'olibiga yasalishiga 300 soat sarflangan maxsus kamar topshiriladi
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) orziqib kutilayotgan Golovkin - Alvares jangi g'olibi uchun maxsus chempionlik kamari hozirladi.
O'rta vazn toifasida WBA (Super), IBO, WBC hamda IBF yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan qozog'istonlik Gennadiy Golovkin meksikalik davogar Saul Kanelo Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu jang 16 sentyabr
kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida bo'lib o'tadi.
Mualliflar ushbu maxsus chempionlik kamarini yasash uchun 300 soatga yaqin vaqt
sarflashdi. Kamarda har ikki davlatning milliy ananalari aks ettirildi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar