18 sen 16:31
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/19312_220.jpg)
Golovkin - Alvares jangi hakamlaridan biri chetlatildi
Qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda meksikalik Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi bahsni boshqargan hakamlardan biri Adelaida Berd vaqtinchalik muhim janglarda hakamlik qilishdan chetlatildi.
Bu haqda Nevada shtati Atletik komissiyasi rahbari Bob Bennet xabar berdi.
“Hozircha bu hakamni muhim janglarga tayinlamaymiz. U o'sha oqshom o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. Adelaidaning bahosi jangga mos bo'lmadi”, – dedi Bennet Los Angeles Times nashriga bergan intervyusida.
Berd jangda 118:110 hisobida Saul Alvaresning g'alabasini taminlagan edi. Deyv Moretti 115-113 hisobidagi g'alabani Golovkinga taqdim etdi. Uchinchi hakam Don Trella esa jang 114-114 hisobida tugadi, deb topdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar