20 iyu 12:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - Alvares. Londonda matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBA (Super), WBC hamda IBF yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik 35 yoshli Gennadiy Golovkin hamda davogar meksikalik 26 yoshli Saul “Kanelo” Alvares Londonda tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Tadbirda har ikki bokschi ham bo'lajak jangga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayotgani va albatta bosh maqsadi g'alaba ekanligini yashirmadi.
Eslatib o'tamiz, Golovkin va Alvares o'rtasidagi chempionlik jangi 16 sentyabr kuni AQSHda bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar