13 iyu 17:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - Alvares. Revansh ham bo'ladimi?
O'rta vazn toifasida jahon chempioni hisoblanadigan Gennadiy Golovkin 16 sentyabr kungi jangdan keyin bo'lishi ehtimoli mavjud bo'lgan revansh haqida gapirdi.
"Bu dramatik jang bo'ladi. Ayni paytda bu boksdagi eng katta to'qnashuv. Agar jang yaxshi o'tsa, revansh ham bo'ladi. "Kanelo" va mening uslublarimiz turlicha. Bu muxlislar uchun sovg'a bo'ladi", - deydi qozog'istonlik bokschi.
Eslatib o'tamiz, Golovkin - Saul Alvares to'qnashuvi 16 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
SHuni qo'shimcha qilib o'tishimiz lozimki, tomonlar o'rtasidagi kelishuvga binoan ushbu jangda Golovkin g'alaba qozonsa revansh jang aniq o'tkaziladi. Agar Saul Alvares g'olib chiqadigan bo'lsa u o'ziga boshqa raqib tanlash huquqiga ega bo'ladi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar