10 may 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - Alvares. SHartnomada revansh jangi bo'yicha band bor
LA Times nashri jurnalisti Lens Pigmaerning aytishicha, Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi jang shartnomasida meksikalik bokschi uchun revansh jangi bandi bor.
Professional boksning o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan qozog'istonlik Gennadiy Golovkin meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi 16 sentyabr kuni AQSHda ringga ko'tariladi.
Agar bo'lajak bahsda Golovkin g'alaba qozonsa, Saul Alvares revansh jangini o'tkazish huquqidan foydalanishi mumkin bo'ladi. Agar Alvares g'alabaga erishsa, u Golovkin bilan qayta jang o'tkazishi shart bo'lmaydi. Keyingi raqibini Saulning o'zi tanlaydi.

Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar