20 iyu 16:14
Yangiliklar
![](/upload/storage/14582_220.jpg)
Golovkin: "Alvaresga qarshi katta jang bo'lishini kutyapman"
Qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkin Londonda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
"Londonga qaytganimdan xursandman. Juda katta jang kutyapman. Bu ikkalamiz uchun ham ajoyib bo'ladi. Barchaning xabari bor - bizda kuch va bokscha IQ bor.
Boks muxlislari bu jangi intizorlik bilan kutmoqdalar. Menda reja bor, Kaneloda ham o'zi o'ylab qo'ygan narsalar bor. Ko'ramiz, jang kuni nima bo'lar ekan. Uning jamoasi kuchli. Juda ajoyib formada va o'ziga ishonmoqda. Unga qarshi jang qiyin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin - Saul Alvares jangi 16 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Golovkin faoliyati davomida 37 ta jang o'tkazib barchasida g'alaba qozongan. 33 ta jangini nokaut bilan yakunlagan. Saul "Kanelo" Alvaresning ko'rsatkichi esa 49-1-1 (34 KO) ni tashkil qiladi.
Fikrlar